Janubiy Koreyada janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
- 02.08.2019 09:21
- 186
- Xorij
2019 yil 1 avgustga o‘tar kechasi Kyongbuk provinsiyasida (Koreya Respublikasi) yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi S.S. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.