“Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inining uchinchi mavsumi boshlandi

Profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi og‘ir uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish maqsadida 100 nafar yosh uchun “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘inining uchinchi mavsumiga start berildi.

Viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va huquq-tartibot organlari hamkorligida tashkil etilgan yig‘in ishtirokchilari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida mas’ul ofitserlar tomonidan tantanali kutib olindi.

Ishtirokchilar shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, harbiy liboslar tarqatildi.

O‘n kunlik harbiy-o‘quv yig‘in davomida ma’naviy-ma’rifiy va biznes saboqlar, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, psixologik, motivatsion treninglar olib boriladi.

Shuningdek, sport musobaqalari, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari, diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar tashkil etiladi.