Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Javobi yo‘q g‘ayritabiiy hodisalar

Odamlar bilan ro‘y beradigan ayrim g‘alati hodisalarni, hatto, olimlar ham tushuntirib bera olishmaydi. Jumladan, saroblar haqida ko‘p eshitganmiz. Olimlarning saroblar g‘ayrioddiy hodisa emas, balki fizika qonunlari asosida paydo bo‘ladi, degan fikrda qolmoqda. Unda nega odamlar ko‘z o‘ngida tarixiy voqea-hodisalar paydo bo‘lishini hech kim izohlab berolmayapti?

Tunda yurgan otliqlar kim edi?

Ayrim xalqlarda samoda uchib yuradigan shaharlar haqidagi afsonalar bor. Ular bu hodisotlarni kuchli sehr-jodu marosimlari ta’sirida amalga oshirilgan, deb o‘ylashadi. O‘tgan asrga oid qishloq va shaharlarning tasvirlari, qonli janggohlardagi urishayotgan odamlarning qiyqirishlari, shuningdek, turli g‘alati ovozlarni eshitgan guvohlar bor.

Jumladan, moskvalik B.Mozolevskiy kechasi sayr qilgani ko‘chaga chiqadi. Vaqt allamahal bo‘lgani uchun atrofda hech kimga ko‘zi tushmadi. Biroq to‘satdan orqa tomondan bir guruh otliqlarning ovozi, otlarning kishnashi va suluq-jabduqlarning jaranglashlarini eshitib qo‘rqqanidan o‘zini chetga otadi. Ammo, ortida hech kimni ko‘rmadi. Boris bu g‘ayritabiiy hodisadan ancha vaqtgacha o‘ziga kelolmay yurdi. Birovga aytsa ishonmaydi.

Sirli yo‘l

Загадочная трасса

Rossiyaning Sergiyevo-Posad shahri yaqinidagi ikki qishloq o‘rtasida sirlarga boy bo‘lgan yo‘l bor. Bu ko‘chaning ma’lum bir hududi borki, undan o‘tgan ayrim yo‘lovchilar odamlarning baqirib-chaqirgan, itlarni hurishi, aravalarni g‘ijirlagan ovozlarini eshitganliklarini ta’kidlashadi. Biroq yaqin orada birorta aholi yashash punkti yoki chorvachilik fermasi yo‘q.

G‘ayrioddiy hodisalarning guvohlari aytishicha, ovoz kelayotgan joyga yaqinlashishi bilan xuddi oldida ko‘rinmas devor paydo bo‘lgandek bo‘ladi. Unga urilib oldinga yurolmay qolishadi. Natijada eng dovyuraklarda ham kuchli qo‘rquv paydo bo‘lib, ortlariga qaramay qochishga majbur bo‘ladi. Ba’zilarga tayoq bilan daraxtga urayotgan ovozlar eshitilsa, ayrimlarning ko‘zlariga yolg‘iz qariya ko‘rinadi. Oldiga yaqinlashib borishi bilan to‘satdan … ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Mahalliy xalqning aytishicha, qadimda bu yerlarda qatlgohlar joylashgan bo‘lib, minglab odamlar o‘ldirilgan ekan.

G‘alati ibodatxona

Yuqorida tasvirlangan hodisalarni oddiy sarobga yoki gallyusinatsiya deyish mumkindir. Biroq, ayrim holatlarda nafaqat eshitish yoki ko‘rish, balki qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan hodisalarga ham duch kelingan. Bunday holat shotlandiyalik J.Rassel bilan sodir bo‘lgan. U eski ibodatxona xarobalarini aylanib yurar ekan, birdaniga ko‘z o‘ngida ibodatxonaning vayron bo‘lmasdan ilgarigi holati paydo bo‘ladi. Ichkarida ibodat qilayotgan ruhoniy va sham ushlab turgan o‘nlab odamlarni ko‘radi. Rassel esa hayratlanganidan qotib qoladi va ichkariga kirishga botinolmaydi.

Tepalikdagi g‘oyib bo‘lgan qal’a

Материализация Часовни

Yana bir qiziqarli voqea 1960 yilda amerikalik biolog olim bilan sodir bo‘ladi. Olim o‘z oilasi bilan o‘rmonga dam olishga boradi. Tabiat qo‘ynidan zavqlanib kech tushganini sezmay qolishadi. Aksiga olib mashinasi ham botqoqqa botib, yurmay qoladi. Shundan so‘ng yaqin oradagi yo‘lga chiqib olish uchun piyoda yo‘lga chiqishadi. Zo‘rg‘a bir tepalikka ko‘tarilgach, ko‘z o‘ngida o‘rta asrlarga xos bo‘lgan yog‘och qal’a paydo bo‘ladi. Hatto soqchilar turgan minora ham ko‘rinib turardi. Sinchiklab ko‘rish uchun mash’ala yoqishdi, biroq yorug‘likda qal’adan asar ham qolmagan edi. Barchasi havoga singib ketgandek, yo‘qolib qoldi.

15 kilometr balandlikdagi arvoh-shahar

Загадочный полет

Rus kosmonavt-uchuvchisi Krichevskiy reaktiv samolyotda mashg‘ulot olib borayotgan edi. Nijegorod viloyati ustidan uchib o‘tayotganda kutilmaganda arvoh-shaharga duch kelib qoldi. 15 kilometr tepada paydo bo‘lgan qadimiy shahar tasvirlaridan lol bo‘lib qoldi. Uchuvchi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Bir necha bor tezlikni oshirgancha tepaga-pastga ko‘tarilib, qadim shahardan chiqib ketdi.

- Osmondagi arvoh shahar – endi qurila boshlangan Sankt Peterburg shahrining xuddi o‘zi edi, - deydi Krichevsiy. – Chunki shahar qurilishini tasvirlagan rassomlarning ijodiy mahsullarini ko‘p ko‘rganman. Bu g‘aroyib tasvirlar faqat ma’lum bir balandlikda va tezlikda uchganlarning ko‘ziga ko‘rinadi.

Dilmurod To‘xtayev tayyorladi.