“JCh-2022”: Bugun yana bir Osiyo qit’asi vakili – Yaponiya terma jamoasi maydonga tushadi
Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati hayajonli voqealarga boy bo‘lyapti.
Ayniqsa, chempionatning ilk turidan o‘rin olgan Argentina – Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi shiddatli kechgani va o‘zining sensatsion natijasi bilan futbol ixlosmandlari tilidan tushmayapti.
Saudiya Arabistoni qiroli Shayx Salmon futbol bo‘yicha terma jamoaning Argentina ustidan qozonilgan g‘alabasi sharafiga bugun, 23 noyabrni dam olish kuni deb e’lon qilgan. Qirol terma jamoa o‘yinchilarining har biriga 2,5 million yevro miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlashni ham va’da bergan.
Bugun bo‘ladigan guruh bosqichi o‘yinlari ham shiddatli kechishi aniq. Osiyo qit’asining yana bir vakili – Yaponiya terma jamoasi bugun Germaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mutaxassislar ushbu o‘yin bugunning asosiy uchrashuvi ekani, shov-shuvli natija bo‘lishi mumkinligi haqida fikrlar bildirgan.
Bugungi kun o‘yin dasturidan quyidagi to‘rtta uchrashuv joy olgan:
Soat 15:00. Marokash — Xorvatiya (F)
Soat 18:00. Germaniya — Yaponiya (E)
Soat 21:00. Ispaniya — Kosta-Rika (E)
Soat 23:59. Belgiya — Kanada (F)