Jeninda operatsiya yakuni: Falastin hukumati Isroil reydini "harbiy jinoyat" deb atadi
Isroil askarlarining Falastin ma’muriyatidagi Jenin shahrida antiterroristik operatsiyasi yakunlangani xabar qilindi.
Ko‘p o‘tmay Tel-Avivda falastinlik yigit mashinasini avtobus bekatiga kelib urgan, keyin mashinadan tushib, odamlarga pichoq bilan hujum qila boshlagan. Teraktda kamida 9 kishi yaralangani aytilmoqda.
Qotilning yonida quroli bo‘lgan yo‘lovchilardan biri otib o‘ldirgan. Fuqaroning harakati Isroil huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan yuqori baholandi. Tezkor javob va qat’iy harakat kattaroq hujum va qurbonlar bo‘lishini oldini olgan, deb hisoblamoqda ular.
Falastinning HAMAS harakati bu hujumni Isroilning G‘arbiy Sohildagi Jeninda olib borilgan harakatlariga “birinchi javob” deb atamoqda. Isroil armiyasi u yerda ikki kun davomida terrorga qarshi operatsiya o‘tkazgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 300 ga yaqin gumondor qo‘lga olingan, ko‘p sonli qurol va portlovchi moddalar musodara qilingan, qurol laboratoriyalari yo‘q qilingan.
Falastinlik shifokorlarga ko‘ra, otishmalarda kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ortiq kishi jarohatlangan. Falastin hukumati Isroil reydini "harbiy jinoyat" deb atadi.