"Jentra"dagi pirotexnika vositalari manzilga yetib bormadi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida «Jentra» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro M.O.ga tegishli bo‘lgan qutilar ko‘zdan kechirilganida 18 600 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
DBQ axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185(1)-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish-huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.