Jismoniy shaxs vafot etsa soliq qarzi qanday undiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 52-moddasiga muvofiq, vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan, merosning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi.     Vafot etgan jismoniy shaxs to‘lashi lozim bo‘lgan penya va (yoki) jarimalarni merosxo‘rga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzining qolgan summasi umidsiz qarz, deb e’tirof etiladi.

Merosxo‘r bo‘lmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz hisoblanadi. Soliq qarzi Vazirlar Mahkamasining “Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hududiy davlat soliq inspeksiyasi rahbarining qarori bilan (fuqaroning o‘lim guvohnomasini ilova qilingan holda) hisobdan chiqariladi.