Jomboyda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 450 milliard so‘mdan oshdi

Jomboy tumanida 2880 tadbirkorlik sub’yekti faoliyat ko‘rsatmoqda.

2019 yil yakunida ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 963 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozir 1170 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan davlat byudjetiga 1 milliard 72,3 million so‘mlik soliq to‘lovlari to‘landi. 1134 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Tumandagi “Qoramo‘yin” kichik sanoat zonasida 2,6 gektar maydonda 4 ta tashabbuskor tomonidan 8,6 milliard so‘mlik granulali omuxta yem ishlab chiqarish, muzlatkichli omborxona tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va bolalar kiyimlari va yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqirish loyihalari amalga oshiriladi.

Hozir tumanda 308 ta sanoat korxonasi, 304 ta hududiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 457 milliard so‘mni tashkil etdi. Pandemiya davrida eksport imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli 9 oyda "JV MAN AUTO UZBEKISTAN", "UzAuto Trailer" qo‘shma korxonalari hamda “SAMARQAND JOMBOY-SHAROB” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish hajmini pasaytirgan.

Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati.