Jomboydagi milliy tabiat bog‘idan 377 million so‘mdan ko‘proq kredit qarzi undirildi

Bu haqda majburiy ijro byurosi Jomboy tumani bo‘limi xabar bergan.

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor “Zarafshon milliy tabiat bog‘i”dan undiruvchi “Agrobank”ning Jomboy tumani filiali foydasiga 377 million 400 ming so‘m kredit qarzini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi hisob raqamiga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng qarzdor “Zarafshon milliy tabiat bog‘i”dan “Agrobank”ning Jomboy tumani filiali foydasiga kredit qarzi to‘liq undirilgan.