JSST: COVID-19 infeksiyasiga qarshi dastlabki vaksina joriy yilning kuz oylarida paydo bo‘lishi mumkin

Oksford universiteti Italiyaning Irbm kompaniyasi bilan hamkorlikda COVID-19 ga qarshi dastlabki vaksinani joriy yilning kuz yoki qish oylarida taqdim etish imkoniyatlari yuqori. Bu haqda Italiya Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi va JSSTning Italiyadagi vakili Valter Richchardi 10 iyun kuni ma’lum qildi.

“Agar barchasi ko‘ngildagidek o‘tsa, kuz-qish oylarida bizda dastlabki vaksina paydo bo‘ladi”, deya ta’kidladi JSST vakili.

U yevropalik mutaxassislar AQShlik hamkasblaridan oldinda borayotganliklarini, Italiya-Britaniya vaksinasi ilgarilab ketganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida hech kim aniq bir gap ayta olmaydi. Biroq kasallik o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lib ketmasligi aniq.

Shuningdek, Valter Richchard Oksford universiteti va Irbm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy vaksina 510 nafar ko‘ngillilarga nisbatan aprel oyining oxirlarida qo‘llanilganini va ayni vaqtda ularning salomatligida biron bir maummolar kuzatilmayotganligini alohida ta’kidladi.