JSST davlatlarni COVID-19 sabab karantin cheklovlarini ortiq joriy etmaslikka chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), a’zo davlatlarni koronavirus infeksiyasi sabab karantin cheklovlarini ortiq joriy etmaslikka chaqirdi.

Tashkilotning Bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove, tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun yetarli bo‘lishini, karantin oqibatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar tibbiyotdagi yutuqlardan o‘tib ketayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, JSST mutaxassislari maktablar yopilishini “avlod fojiasi” deb atadi, sababi bunday cheklov hech qanday ijobiy natija bermaydi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar sababli shifokorlar insult, saraton va infarkt kabi og‘ir hastaliklarga yetarlicha e’tibor bera olmagan. Shu sababli karantin ayrim kasalliklarni xavfli tus olishiga olib kelgan.

1 avgust kuni JSSTning favqulotda qo‘mitasi, koronavirus pandemiyasi xalqaro ahamiyatga ega favqulotda holat bo‘lib qolayotganini tasdiqladi. Tashkilot taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi hali uzoq davom etadi.