JSST: Dunyoda bir haftalik COVID-19 bilan kasallanish holati rekord darajada ko‘paydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir haftalik dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanish holati bo‘yicha yangi rekord natija qayd etilganini, deyarli 2 million odam kasallanganini ma’lum qildi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.

JSST taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 14 sentyabrdan 20 sentyabrga qadar dunyo bo‘ylab 1 998 987 nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan, 36 764 nafar bemor vafot etgan. Shunga qaramasdan o‘lim holati o‘tgan haftaga nisbatan 10 foizga kamaygan.

Bir muddat ilgari JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus kasallik va pandemiya xurujlari inson hayotining bir qismi ekanini, kelgusida bunday xurujlarni qaytarish uchun dunyo mamlakatlari tayyor turishlari kerakligini ta’kidladi.