JSST koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Yevropada yomonlashganini ma’lum qildi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Yevropada yomonlashmoqda. Biroq sarosimaga tushishga sabab yo‘q. Bu haqda 17 sentyabr kuni tashkilotning Yevropa hududi sog‘liqni saqlash direktori Xans Klyugge ma’lum qildi.

“Oldimizda judayam jiddiy vaziyat yuzaga kelmoqda. Kunlik kasallanish holatlari soni mart oyida pandemiyaning Yevropadagi yuqori nuqtasi kuzatilgan kunlik kasallanish sonidan oshdi. O‘tgan haftada haftalik kasallanish holati 300 mingdan oshib ketdi. Yevropa mamlakatlarining yarmidan ko‘pi so‘nggi ikki haftadagi kasallanish holati 10 foizdan ko‘pga oshgani haqida ma’lum qildi”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p kasallanish holati 25-41 yosh atrofida bo‘lgan odamlarda qayd etilmoqda. Klyugge barcha mamlakatlarni virus bilan kurash olib borishda birdamlikka chaqirdi.