JSST odamlarni ogohlantirdi: Pandemiyaning yangi xuruji kuzatilishi mumkin

“Ayni vaqtda insoniyat koronavirus infeksiyasi tarqalishi to‘lqini birinchi bosqichining yarmida turibdi. Buning ortidan yuqori ehtimol bilan kasallik tarqalishining ikkinchi xuruji kuzatiladi”, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan.

Mutaxassis bayonoti Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda eshittirildi. Rayan har bir davlatda COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning haqiqiy soni nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda insoniyat pandemiyaning birinchi to‘lqinini boshdan o‘tkazyapti. Biroq bir necha oydan so‘ng dunyo bo‘ylab pandemiyaning yangi xuruji kuzatilishi mumkin.

“Kasallik istalgan daqiqada avjiga chiqib ketishi ehtimoli ham bor, - dedi u. - Bunday holat 1919 yilda “Ispanka” pandemiyasi davrida kuzatilgan”.

Uning so‘zlari ko‘ra, ayni vaqtda gap ikkinchi to‘lqin haqida emas, ikkinchi xuruj haqida ketmoqda. Navbatdagi to‘lqin esa gripp mavsumi davrida kuzatilishi mumkin.