JSST: Oxirgi bir sutkada 492 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 118 million 754 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 2 million 634 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 492 351 yangi holati aniqlandi, 9 689 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 119 million 514 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 648 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 29,000 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (11,333 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (11,277 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (4,380 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (4,248 milliondan ortiq).
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 60 312, Hindistonda 24 882, Braziliyada 75 412, Rossiyada 9 908, Buyuk Britaniyada esa 6 609 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.