JSST rahbari koronavirusni davolash borasida erishilgan ilmiy yutuqlar haqida ma’lum qildi

JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus, COVID-19 infeksiyasini davolash borasida “ilmiy siljish” amalga oshirilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

U Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasini davolash uchun sinovdan o‘tkazilgan steroid deksametazon vositasi natijalariga izoh berdi.

“Bu sun’iy havo berish talab etiladigan COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarning o‘lim holatini pasaytirgan dastlabki dori vositasi”, deb ta’kidladi Gebreyesus va ilmiy tadqiqotlar natijasini “zo‘r yangilik”, dedi.

JSST vakillari Londonda o‘tkazilgan sinovning dastlabki natijalarini taqdim etganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tashkilot mutaxassislari, yaqin kunlarda to‘liq tahlil natijalarini sabrsizlik bilan kutayotganliklarini ta’kidladi.

Oksford universitetida o‘tkazilgan tadqiqot, deksametazon vositasi o‘pkaga sun’iy havo berish uskunasiga ulangan bemorlarning o‘lim holatini 35 foizga va sun’iy kislorod berish amaliyoti qo‘llanilayotgan bemorlar o‘lim holatini 20 foizga pasaytirganini ko‘rsatdi.

Buyuk Britaniya hukumati 16 iyun kuni mazkur vositadan koronavirusni davolash uchun foydalanishga ruxsat berdi. Deksametazon dori vositasi 60 yildan buyon tibbiy sohada keng qo‘llanib kelinadi. Undan asosan yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.