JSST: Virus haqida deyarli hech narsa ma’lum emasligi vaziyatni keskinlashtirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkinligini taxmin qildi. Tashkilot rahbari Tedros Gebreisusning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda alohidalash choralarini yengillashtirishning keragi yo‘q. Bu haqda The Politico xabar berdi.

- Ishoning, eng yomoni hali oldinda. Keling, bu fojeaning oldini olaylik, - deya ta’kidladi u. - Insoniyatda hozir ham pandemiya oqibatida yuzaga keladigan inqirozning oldini olish imkoniyati mavjud. Biroq virus haqida deyarli hech narsa ma’lum emasligi vaziyatni keskinlashtirmoqda.

The Politico bergan ma’lumotga ko‘ra, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Avstriya davlatlari tomonidan karantin choralarining yengillashtirilayotgani JSST tomonidan jiddiy tanqid ostiga olingan.