Jumboq portret
Qiziq, Shekspirning deyarli barcha dramalari bizga bosma nashri bilan ma’lum, birorta qo‘lyozma yoki qoralamalari saqlanib qolmagan. Uning birinchi pesa va yilnomalari faqat o‘limidan keyin elon qilingan.
1623 yilda Jon Xeming va Genre Kondel uni “ Mister Uilyam Shekspirning komediya, yilnoma va tragidiyalari” nomi ostida nashr qilishadi. Ular Shekspirning truppasida ishlashgan edi. Ushbu nashrda Shekspirning portreti bor. U uzoq yillar dramaturgning “haqiqiy” va yagona tasviri hisoblab kelindi. Biroq, bu portretning turgan-bitgani jumboq.
XX asr boshlarida ingliz moda jurnali portretda Shekspir kamzuli g‘alati ko‘rinishini ma’lum qildi - uning yarmi oldingi qismdan, yarmi esa orqa qismdan iborat ekan. Tadqiqotchilar ushbu xalatni o‘rganishga kirishdilar. Qarashsa, portretdagi odamning ikki qo‘li ham o‘ng qo‘li bo‘lib chiqdi.
Ba’zi shekspirshunoslar portretdagi odam niqob kiyganini ta’kidlashadi. Boshi haddan tashqari katta, bo‘yni o‘ta uzun. Eng jumboqlik joyi shuki, kamzul ostida yana bir kamzul ko‘rinadi. Yuqoridagi tugma pastdagi kamzulniki.
T.Shomurodov tayyorladi.