Jurnalist va advokatlar ta’qibini fosh qilgan jurnalistik surishtiruvi konsorsium mukofotlandi
"Pegasus loyihasi" jurnalistik surishtiruvi konsorsiumi Yevropaparlament tomonidan ta’sis etilgan Dafne Karuana Galitsiya mukofoti bilan taqdirlandi.
Amnesty International va Forbidden Stories inson huquqlari tashkilotlarining texnik ko‘magida o‘tkazilgan surishtiruv butun dunyo bo‘yicha faol jurnalistlar va advokatlarni ommaviy ta’qib qilish faktlarini ochib bergan.
"Jazosizlik o‘ldiradi. Agar jurnalistlar qanday reportajlar uchun o‘ldirilganini ko‘rib chiqsak, Dafna aynan shu mavzularda ishlaganini ko‘ramiz. Bu korrupsiya, pul yuvish, inson huquqlari buzilishi, tabiatga qarshi jinoyatlar… Va biz shunday muhim mavzularni yoritish uchun bir jamoa bo‘lishimiz kerak», deydi loyiha ishtirokchisi.
Jurnalistlar aniqlashicha, jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun davlat idoralarigagina sotilishi kerak bo‘lgan Isroilning NSO kompaniyasi dasturi Ozarbayjon, Qozog‘iston, Vengriya va boshqa mamlakatlarda noqonuniy kuzatuvlar maqsadida ishlatilgan.
O‘z materiallarida mamlakatdagi yuqori lavozimli amaldorlarning korrupsiyaga aloqadorligini oshkor qilgan Malta jurnalisti Dafne Karuana Galitsiya 2017 yil 16 oktyabrda mashinasiga o‘rnatilgan bomba vositasida o‘ldirilgan edi.
"Umid qilamanki, mukofot nafaqat onam boshlagan ishni davom ettirishga, balki Yevropada korrupsiya, mansabni suiiste’mol qilish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga ilhomlantiradi. Aynan korrupsion, mansabni suiiste’mol qiluvchi, avtoritar kuchlar bugun jurnalistlarni xavf ostiga qo‘ymoqda, - dedi halok bo‘lgan jurnalistning o‘g‘li Metyu Karuana Galitsiya.