Kadastr agentligi Rosreyestr bilan hamkor bo‘ldi
Kadastr agentligida Rosreyestr rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv doirasida ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimi, fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasi mavzusida ikki davlat tajribasi almashildi hamda axborot tizimlari bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv so‘nggida joriy yil iyun oyida Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi doirasida Kadastr agentligi va Rosreyestr o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimi implementatsiyasiga oid “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Unga ko‘ra, Kadastr agentligi va Rosreyestr:
- geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida dolzarb va zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtirish yuzasidan davra suhbatlari, qo‘shma tadbirlar o‘tkazishi;
- Rosreyestrning fuqarolarga, tadbirkorlik sub’yektlariga, hokimiyat organlariga xizmat ko‘rsatish tajribasini o‘rganishi;
- huquqlarni ro‘yxatga olish va ko‘chmas mulkni kadastr bo‘yicha ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlari o‘rganish.
- ko‘chmas mulkning yagona davlat reyestridan ma’lumotlarni taqdim etishning texnik imkoniyatlarini o‘rganishi;
- yer va ko‘chmas mulkka oid yagona axborot tizimi;
- geodeziya, kartografiya va ko‘chmas mulk kadastri sohasidagi normativ -huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar o‘tkazish;
- raqamli transformatsiya va jarayonlarni qayta injiniring qilish bo‘yicha tajriba almashish kabilar belgilangan.