«Kalmar o‘yini» realiti-shousiga dunyo bo‘ylab ishtirokchilar olinmoqda

Netflix kompaniyasi «Kalmar o‘yini» asosida «Squid Game: The Challenge» realiti-shousi boshlashini e’lon qildi.

456 nafar haqiqiy ishtirokchi 4,56 million dollarlik sovrin uchun bellashuvga kirishadi. Tashkilotchilar “Dunyoning istalgan burchagidan ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘yinchilar”dan arizalarni qabul qilmoqda.

Serialdagi raqobatdan farqli o‘laroq, "barcha ishtirokchilar bezarar ketishadi" deya ishontirmoqda kompaniya.