Kashtanni sindirgan shaxsni kuzatuv kameralari fosh etdi
- 08.05.2019 14:28
- 385
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 6 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi oldida noma’lum shaxs kashtan daraxtlarini sindirib ketganligi aks etgan foto suratlar paydo bo‘ldi.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar hamda boshqarma qoshidagi “Situatsion markaz” kameralaridagi yozuvlar o‘rganilganda, ushbu bezorilikni Samarqand tumani Mironqul qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.Samiyev sodir etganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur hodisani keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish va javobgarlik masalasi tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Teglar:
IIB
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:26
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- Kecha, 16:08
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Kecha, 16:07
- Mutolaa