Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi 30 nafar yetim bolalarga muruvvat ko‘rsatdi

Suv niholni yashnatganidek, inson ko‘nglini mehr tafti shodliklarga to‘ldiradi. Shu bois, inson hamisha mehr-muruvvatga ehtiyoj sezib yashaydi. Arzimas buyum yoki bir og‘iz aytilgan shirin so‘z ham bir ko‘ngilni obod etishi, uning hayotiga nur olib kirishi hech gap emas.

Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tashabbusi bilan tumandagi 2-sektor binosida “Muruvvatdan hech kim chetda qolmasligi kerak” shiori ostida tuman hokimligi, Xalq kabulxonasi, tuman xalq ta’limi va madaniyat bo‘limlari ishtirokida hududdagi 30 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga bayram tadbiri uyushtirildi.

Tadbir oldidan ushbu bolalar tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bolalar tuman madaniyat bo‘limining xonandalari bilan birga qo‘shiq kuylab, miriqib raqs tushishdi.

Tadbir davomida 30 nafar chin yetim bolalarga prokuror sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari to‘plamlari hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.