Kattaqo‘rg‘onda 3100 AQSh dollarini noqonuniy sotayotgan fuqaro ushlangan

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda noqonuniy valyuta savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida 14 yanvar kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi “F.T.”, har bir AQSh dollarini 10950 so‘mda hisoblab, jami 3100 AQSh dollarini qariyb 34 mln. so‘mga mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda fuqaro “F.T.”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.