Kattaqo‘rg‘onda 5 bosh qo‘yni olib ketgan talonchilar ushlandi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 22 sentyabr kuni soat 00:30larda 5 nafar noma’lum shaxslar davlat raqami belgisi bo‘lmagan “VAZ-21011” rusumli avtomashinada shu tumandagi fermer xo‘jaligiga kelib, fermer xo‘jaligi ishchisi B.X.ga zo‘rovonlik ishlatib, 5 bosh qo‘yni avtomashinaga ortib olib ketgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan D.Sh., 2001 yilda tug‘ilgan B.A., 2000 yilda tug‘ilgan S.X., 2001 yilda tug‘ilgan A.O. va 1997 yilda tug‘ilgan U.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. 4 bosh qo‘ylar jabrlanuvchiga qaytarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.