Kecha 413 nafar samarqandlik fuqaroga karantin cheklovlariga amal qilmagani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan, cheklovlarni qasddan mensimayotgan fuqarolarning borligi achinarli. Huquqbuzarlarning 388 nafarini erkak, 25 nafarini ayollar tashkil qilmoqda.

Viloyat markazida skuter hamda velosipedlarni maqsadsiz boshqargan 66 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi. 312 nafar fuqaroga tibbiy himoya niqobini taqmaganligi uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar, o‘zingiz va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymang!

Uyda qoling!

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.