Kemalar kapitansiz bo‘ladimi yoxud giyohvandlikka qarshi dori ishlab chiqilgani xususida

Rossiyada kapitansiz kema yaratilishi haqida xabar tarqaldi. Hozircha kemalarning kapitansiz suzishi ta’qiqlangan. Ana shu ta’qiq bekor qilingach, g‘oya amalga oshishishi mumkin. Hozirda jahonda suv ustida kapitansiz suzadigan bitta kema sinovdan o‘tmoqda. U AQShda ixtiro qilingan. Yaqin orada Rossiyada ham mudofaa konstruktorlik byurosida birinchi shunday kema yaratiladi. Uning qachon paydo bo‘lishini aniq aytish qiyin. Negaki uning xavfsizligi, mustahkamligi, ishonchliligi qat’iy sinovdan o‘tishi kerak. Axir u kapitan boshqaradigan kemadan har tomonlama ustun bo‘lishi kerak-da!

Mag‘zi emas, po‘sti foydali

Mutaxassislar aniqlashicha, meva va sabzavotlarning mag‘zidan ko‘ra po‘stida inson organizmi uchun qimmatli moddalar ko‘p bo‘larkan. Jumladan, olma po‘stida temir moddasi, kalsiy, sabzi po‘stida S vitamini, bodring po‘stida turli foydali uglevodlar ko‘p ekan. "Bunday meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvib, po‘sti bilan iste’mol qilish foydali", deydi mutaxassislar.

Giyohvandlikka qarshi dori

Giyohvandlikka qarshi yangi dori sichqonlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi. Nashaga o‘rganib qolish ma’lum oqsil ishi buzilishi tufayli rivojlanadi. Olimlar ana shu oqsil ishlab chiqarilishini kuchaytiruvchi molekulani topishdi. U nashaga tobelik qon bosimi oshishi, xotirani susayishi va boshqa salbiy holatlarga barham beradi.

Bezgak davosi

Xrizantema chaman guli nafaqat kishiga estetik zavq beradi, balki bezgakka qarshi dori ishlab chiqishda ham muhim xomashyo ekan. Bezgakka qarshi tabiiy vosita – artemizinitsni shuvoq ishlab chiqaradi. Olimlar shuvoq genini xrizantemaga o‘tqazishdi. Natijada xrizantema tarkibidagi dorivor modda miqdori oshdi. Keyingi tadqiqotlarni davom ettirish uchun chatishtirilgan xrizantema bilan shuvoq yetishtirishga kirishildi.

T.Murod tayyorladi.

«AiF» (2020, 24-son)dan.