Kim Chen In Janubiy Koreyaga qarshi qurolli harakatlar rejasini keyinga qoldirdi
- 24.06.2020 14:15
- 127
- Xorij
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat Bosh shtabi tomonidan taqdim etilgan Janubga qarshi harbiy harakatlar rejasini keyinga qoldirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi o‘tkazilgan Koreya mehnat partiyasining Markaziy harbiy majlisi beshinchi sessiyasi yettinchi chaqirig‘ida shu qarorga keldi. Majlis videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan.
Majlis yakunidan so‘ng KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh hududlarda propaganda maqsadida joylashtirilgan ovoz kuchaytirgichlarni yechib oldi. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya tomonidan internet resurslarga joylashtirilgan Janubiy Koreya siyosatini qoralovchi maqolalar ham o‘chirib tashlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa