Kim Chen In Qo‘shma Shtatlar bilan "yarashmoqchi": U o‘zaro ishonchni mustahkamlash choralarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Siyosiy byuro yig‘ilishida Vashingtonning Pxenyanga nisbatan dushmanona siyosati tufayli AQSh bilan “ishonchni mustahkamlash” choralarini ko‘rib chiqishni buyurdi, deya xabar beradi Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi.
Vashington siyosatini qoralagan Shimoliy Koreya AQSh bilan uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorgarlik boshlash arafasida. Mamlakatda “davlat qadr-qimmati, suveren huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jismoniy kuchni yanada oshirish” bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlanmoqda.
“Tegishli sektorga o‘z tashabbusimiz bilan afzallik asosida qabul qilgan umumiy ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlari, shuningdek, vaqtincha to‘xtatilgan barcha faoliyatni qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek “KXDRni o‘zini himoya qilish huquqidan mahrum qilish”ga qaratilgan harakatlarda AQSh ma’muriyati ayblanib, “AQShning dushmanlik siyosati hamda harbiy tahdidi xavfli nuqtaga yetgani va endi uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligi” aytilmoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, KXDR Vashington tomonidan Pxenyanga qarshi sanksiyalar joriy etilishini “ahmoqona harakat” deb atgan.