Kir, uyqu, uylanish va o‘z qo‘lyozmalaridan qo‘rquv: buyuk yozuvchilarning g‘ayrioddiy fobiyalari
Har birimiz biror narsadan qo‘rqamiz, lekin qo‘rquv har doim ham fobiyaga aylanmaydi. Mayakovskiy, Bayron, Edgar Po va boshqa mashhur klassiklarning o‘z fobiyalari bo‘lgan. Ha, ha, ularning juda g‘alati fobiyalari bo‘lgan va bugun biz ular haqida aytib beramiz.
Jordj Gordon Bayron
O‘z davrida butun Yevropaning boshini aylantirib, ko‘p ayollarning orzusiga aylangan ingliz shoiri aslida u qadar ko‘rkam bo‘lmagan. U ortiqcha vazndan aziyat chekkan va sezilarli darajada oqsoqlangan.Bayron yuzining qorayib qolishidan qo‘rqib yurgan, u aristokratik kelib chiqish belgisi yuz terisining oqligini yo‘qotishdan qo‘rqib, quyosh paytlari umuman tashqariga chiqmagan va shu bilan birga sirka eritmasini ichib yurgan. Har qanday sirka ichgan odamning oshqozoni bezovta bo‘lib, rangi oqarib ketadi. Natijada shoir o‘z sog‘lig‘igajiddiy ravishda shikast yetkazgan.
Vladimir Mayakovskiy
Rus shoiri Vladimir Mayakovskiyda biror bir infeksiyani yuqtirib olish qo‘rquvi - mizofobiya bor edi. Bu qo‘rquv uni eshik tutqichlari, dastalar va boshqa mikrob “to‘plovchilari” bilan aloqa qilmaslikka undardi. Shoir qo‘lqop bilan yurishga harakat qilardi, agar biror narsaga qo‘l uzatishkerak bo‘lsa, avval qog‘oz yoki ro‘molcha qo‘yib, keyin teginar edi. U istalgan vaqtda qo‘llarini yuvishi mumkin bo‘lishi uchun o‘zi bilan birga har doim sovun olib yurgan.
Edgar Allan Po
Ajablanarlisi shundaki, qo‘rqinchli va vahimali asarlari bilan tanilgan yozuvchi butun umri davomida qorong‘ulikdan qo‘rqqan. Uxlab qolish uchun unga yorug‘lik kerak edi, hech bo‘lmaganda sham... yoki undan ham yaxshiroq - yaqin atrofidagi odam. Uyiga ko‘chib kelgan xolasi Po uxlab qolishi vavahima bosilishi uchun uning xonasida uzoq vaqt qolib, qo‘lini ushlab turishiga to‘g‘ri kelardi. Biroq tushida ham zulmat yozuvchini tark etmasdi, udahshatli tushlar ko‘rib, xayoliga qorong‘ulikda uning yuziga kimningdir muzdek qo‘li tegayotganini ko‘rardi...
Onore de Balzak
Fransuz yozuvchisi ikki narsadan - yorug‘lik va uylanishdan qo‘rqardi. U kun davomida uxlab olarva quyosh ufqdan pastga tushganida, o‘rnidan turib, qahva ichib ishga kirishardi. Agar ijodiy jarayon kechiktirilgudek bo‘lsa, usta derazalarga qalin pardalar to‘sib qo‘yardi. Erkaklar turmush qurishdan qo‘rqishlari haqida juda ko‘p hazillar bor, lekin Balzak bu masalada juda jiddiy edi. Sevgilisi Evelina Ganskaya turmush qurishni talab qilib, qat’iy turib olganida, shoirning uylanishdan boshqa iloji qolmadi. Ular turmush qurishdi, to‘y bo‘ldi, lekin shundan so‘ng Balzak kasal bo‘lib qoldi. Atigi olti oy o‘tgach, yozuvchi vafot etdi. Xuddi bilgandek!
Viktor Gyugo
“Haydalganlar” romani muallifining juda g‘alati fobiyasi bo‘lgan - u o‘z qo‘lyozmalaridan qo‘rqqan. Shu sababli, Gyugo boshlanishida yoki o‘rtalarida ko‘p ishlarni tashlab yuborib, yangilarini boshlardi. Yozuvchi o‘zini yengish uchun g‘ayrioddiy usullardan foydalangan. Masalan, u kiyimlarini yechib, xizmatkoriga topshirgan va ishini tugatmaganiga qadar ularni qaytarib bermaslikni buyurgan. Boshqa safar bu ahvolda ko‘chaga chiqa olmasligini bilib, sochlari yarmini qirib olib tashladi. Bu fobiyami-yo‘qmi, bilmadik, lekin bundan keyin o‘tirib yozishi aniq edi.
Nikolay Gogol, Gans Xristian Andersen va boshqalar
Behush bo‘lib qolishdan aziyat chekkan Gogol hamma narsadan ko‘proq tiriklayin ko‘milishdan qo‘rqardi. U o‘lganidan so‘ng tanasida parchalanish alomatlari paydo bo‘lganidan so‘nggina dafn etilishi kerakligini eslatishdan charchamas edi. Gogol bu qo‘rquvda yolg‘iz emas ekan. Juda keng tarqalgan kasallik - Tafofobiya yana bir qator mashhur kishilarda ham uchragan. Gans Xristian Andersen, Uilki Kollinz va Marina Svetayeva kabi boshqa shoir va yozuvchilar ham bu kasallikdan aziyat chekishgan. Ularning barchasi jasadlarini ko‘mishga shoshilmaslik va birinchi navbatda o‘lim faktini sinchiklab tekshirib ko‘rishni talab qilib yozuvlarqoldirgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.