Kitoblardan yasalgan cheksiz minora

Odamlar kitob mutolaasiga kamroq vaqt ajratayotgani butun dunyo bo‘ylab sezilayotgan muammodir. U Chexiyani ham chetlab o‘tmadi. Mana shu jarayonni ommalashtirish maqsadida slovakiyalik rassom Matej Kren Praga shahar kutubxonasida “Idiom” kitoblar installyasiyasini yaratdi.

 Asrlar davomida aynan kitoblar dunyoda ilm olish, zakovat  va  donolikning asosiy manbasi bo‘lib kelgan. Endi bu vazifa tobora ko‘proq internetga o‘tmoqda, lekin yuzlab yillar davomida yaratilgan bosma mahsulotlarning faqat kichkinagina bir qismi o‘zining raqamli nusxasiga ega. Endilikda odamlar haqiqatan ham Butunjahon internetdan tobora ko‘proq va juda kam hollarda kutubxonalardan foydalanmoqda.

Markaziy Yevropadagi eng yirik kitob axborot-resurs markazlaridan biri - Praga shahar kutubxonasi ham yuqorida tavsiflangan tendensiyalardan xavotirda. Mahalliy kitob ombori xodimlari odamlarni jalb qilish uchun har tomonlama harakat qilmoqdalar. Bunga rassom Matej Krenning Idiom installyasiyasi misol bo‘la oladi.

Ushbu installyasiya kitoblardan qurilgan minoradir. Qurilmaning yon tomonida uning ichini tomosha qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus “deraza” o‘rnatilgan.

Minorani ichiga qaragan odam, qayerga qaramasin, yuqorigami yoki pastga, yoki aylana bo‘ylab, u cheksiz kitoblar ustuniga duch keladi. Gap shundaki, Idiomning poydevori va shianiga dumaloq oynalar o‘rnatilgan. Ushbu effektni aynan shu oynalar yaratadi.

Bunday xabarnomaning ma’nosini tushunish oson - kitoblar insonlarga cheksiz bilim beradi. Ularni ochish uchun siz ozgina harakat qilishingiz lozim, xolos.
Aytish kerakki, “Idiom” slovakiyalik rassom tomonidan yaratilgan birinchi bunday qurilma emas. Muallif Lissabondagi Zamonaviy madaniyat markazida Book Cell (“Kitoblar uyasi”) uyini qurgan edi.

Bahora tayyorladi.