Ko‘chalarni silliqlab qo‘ymaydigan “dazmol-uy”lar
Dunyoda qo‘shaloq nomli va qo‘sh funksiyali ob’yektlar ko‘p: divan-krovat, shkaf-kupe, avtomat-telefon va hokazolar. Me’morchilikda bunday atamalar unchalik keng tarqalmagan, lekin shunga o‘xshash “dazmol-uy”lar misoli tarixdan saqlanib kelingan.
Bunday binolarni idrok etish uchun, albatta, faqatgina ma’lum bir tusni o‘rnatgan dazmolning nomi va shaklidan foydalanilgan.
Birinchi bunday bino 1902 yilda arxitektor Daniyel Bernem tomonidan qurilgan «Fletayron bilding» binosi edi. Bernem o‘z oldiga Nyu-Yorkning Beshinchi avenyu va Brodveyning 23 ko‘chasidagi kesishgan noqulay tor joyda uy qurish vazifasini qo‘ygan edi. Osmono‘par bino shamollarga qarshi turadigan po‘lat to‘sinlari tufayli uning arxitekturada yutuqqa erishishiga xizmat qildi. Jamoatchilik hatto uning murakkab konstruksiyasiga qaramay, ushbu loyihaga shubha bilan qaragan edi.
Natijada balandligi 87 metr bo‘lgan uchta gorizontal qismga bo‘lingan 22 qavatli bino qad rostladi. Bunday binolarni nafaqat Nyu-Yorkda, balki Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrining markazida ko‘proq uchratish mumkin. Misollardan biri 1842 yilda, ya’ni Fletayron paydo bo‘lganidan 60 yil oldin me’mor Aleksandr Pel tomonidan qurilgan Yeliseyev savdogarlarining savdo uyi. Balandligi atigi to‘rt qavat bo‘lganligi tufayli bu uy unchalik mashhur bo‘lmadi. Lekin fasadni bezash darajasi nuqtai nazaridan u Sankt-Peterburg me’morchiligi tarixida oxirgi o‘rinni egallamaydi.
1913 yilda me’mor Aleksandr Lishnevskiy tor burchak maydonga hozirda Ioff daromad uyi deb nomlanadigan binoni muvaffaqiyatli moslashtirib, qayta qura boshladi. “Besh burchak” nomini olgan chorraha nafaqat to‘rtta ko‘cha va bir xiyobonning kesishishi, balki o‘zining “dazmol-uyi” bilan shaharning o‘ziga xos diqqatga sazovor joyiga aylandi.
Nyu-York dazmolining beton va shishadan qurilgan zamonaviy nusxasi 2007 yilda Gollandiyaning Gaaga shahrida qurilgan. “Het Strijkijzer” Gaaga osmono‘par binolari orasida uchinchi o‘rinda turadi va 42 qavatga ega.
Zamonaviy arxitekturada keng tarqalmaganligi sababli “dazmol-uy”lar tor, burchak bilan cheklangan shahar joylaridan foydalanish uchun juda ergonomik variantdir. Bunday binolar joyni tejaydi, shuningdek Nyu-York va Sankt-Peterburgda bo‘lgani kabi shaharning nishoni va diqqatga sazovor joylariga aylanib qoladi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.