Ko‘k choy tarkibida koronavirusga qarshi samarali moddalar bor

Suonsi universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari ko‘k choy tarkibida COVID-19 ga qarshi kurashda foydali bo‘lgan modda borligini aniqlashdi. Bu haqda RSC Advances jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislar virusga ta’sir qilib SARS-CoV-2 infeksiyasini bostirishi mumkin bo‘lgan turli fitokimyoviy moddalar tuzilishini tahlil qildi. 132 ta modda tanlab olindi va koronavirusning asosiy proteazasi (Mpro) bilan o‘zaro ta’siri o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning ikkitasida ko‘k choyda ko‘p miqdorda mavjud – sinnamtannin-B va gallokatexin gallat «Mpro»ni samarali blokirovka qiladigan fito birikmalardan iborat ekan.