“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi
Bugun, 14 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida «Korean and migrations» xususiy bandlik agentligi» MChJ mas’ullariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi sudyasi T.Qosimov tomonidan ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Q.Otaqulov — 9 yil, O.Kabilov — 9 yil, X.Turdiyev — 8 yil 3 oy, M.Aliqulov — 8 yil 3 oy, A.Shamshiddinov — 8 yil 3 oy, M.Otajonova — 5 yil 9 oy 21 kun, R.Nuraliyeva — 6 yil 1 oy, O.Jo‘rayev — 8 yil 3 oy, Kang Nam Kyu — 8 yil 6 oy, J.Xidirov — 6 yil, I.Djabborova — 6 yil 1 oy, F.Kamalovga — 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni undirish belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.