Koreyalik jurnalistlar samarqandlik hamkasblari bilan muloqotga kirishdi

Ayni paytda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Jurnalistlar assotsiatsiyasi prezidenti Chon Ku Cun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.

Samarqand temiryo‘l vokzalida O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov hamrohligida kelgan mehmonlarni viloyat jamoatchilik vakillari, jurnalistlar kutib oldi.

Koreyalik hamkasblar qadim va navqiron Samarqand ziyoratini Amir Temur maqbarasidan boshlashdi.

Kun davomida mehmonlarni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati, "Ovozi Samarqand" gazetasi, viloyat teleradiokompaniyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, viloyat jurnalistlari ishtirokida davra suhbati tashkil etish, Samarqand davlat chet tillar instituti va boshqa tarixiy-me’moriy obidalarni tomosha qildirish rejalashtirilgan.

Saytimizni kuzating, tashrif tafsilotlarini berib boramiz.