Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Boris Jonsonning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risida xabar berildi
- 06.04.2020 16:10
- 371
- Xorij
6 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
“Unga nisbatan sun’iy havo berish muolajasi o‘tkaziladi”, deya aniqlik kiritdi RIA Novosti bilan suhbatda bo‘lgan Angliya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.
Biroz ilgari Boris Jonsonning rasmiy vakili uning salomatligidagi muammolar – yuqori tana harorati va kuchli yo‘tal saqlanib turganligi haqida xabar bergan edi.
Davolayotgan shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, Bosh vazir kasalxonaga yotqizilgan. Shu bilan birga Dauning-strit (Buyuk Britaniya Bosh vazirining rasmiy qarorgohi) u hukumatni boshqarishda davom etayotganini va vazirlar mahkamasi bilan doimiy aloqada ekanligini ma’lum qildi.
Boris Jonson COVID-19 virusini yuqtirib olganligi haqidagi xabarlar 27 mart kuni tarqalgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa