Koronavirusga qarshi 35 million doza vaksina O‘zbekistonga olib kelinadi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi va "Laxisam" kompaniyasi koronavirusga qarshi "Sputnik V" 35 million dozagacha vaksinani O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi RBK nashri.

O‘zbekiston normativ-huquqiy organlaridan rozilik olingach, 2020 yilda 10 million doza 2021 yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Ushbu vaksina uzoq muddatli immunitetni shakllantirishga va fuqarolarni himoya qilishga yordam beradi.