Koronavirusga qarshi emlash poygasining eng yuqori cho‘qqisi bashorat qilindi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash poygasi 2021 yil yanvar oyida avjiga chiqadi, deydi “Skoltech" tadbirkorlik va innovatsiyalar markazi professori Dmitriy Kulish.
Bu haqda «Ria Novosti» xabar bermoqda.
Kulishning fikricha, ushbu davrda bir qator vaksinalar, shu jumladan Rossiyaning «Sputnik-B» vaksinasini sinovdan
o‘tkazishning uchinchi bosqichi to‘g‘risida birinchi hisobotlar e’lon qilinadi. Shu vaqtning o‘zida vaksinaning xavfli, nojo‘ya ta’sirlari to‘g‘risida, sal keyinroq esa uning samaradorligi haqidagi birinchi ma’lumotlar paydo bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Bugungi kunga kelib Rossiyada COVID-19 ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Birinchi ro‘yxatga olingan dori Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik-B» edi.
Oktyabr oyida Prezident Vladimir Putin «Vektor» markazida ishlab chiqilgan YepivacCORONA ro‘yxatdan
o‘tganligini e’lon qildi. Vaksinada biologik qo‘shimcha yo‘q. Tarkibida virusli oqsil parchalarining sintetik analogi mavjud, xolos.