Koronovirus tufayli Superliga o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin
Mamlakatimizning bir qator jamoalarida, shu jumladan, Pro-ligada to‘p surayotgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi futbolchilari orasida ham koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.
O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi klublarda kasallik alomati sezilayotgan futbolchilar soni tobora ortayotganligi tufayli Superliga bahslari to‘xtatilishi mumkin.
«Paxtakor» klubining 5 nafar futbolchisida tana harorati oshib, isitma qilgan. Ular koronavirusga test topshirgan va natijalar musbat chiqqan.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, 20 iyul kuni PFL Superliga klublari rasmiylari va bosh murabbiylari bilan Zoom orqali videokonferensiya o‘tkazib, chempionat bahslarini davom ettirish yoki qoldirish masalasini muhokama qiladi. Shundan so‘ng PFL tomonidan bir qarorga kelinadi.
Superliganing «Bunyodkor», «Surxon» klublarida, Pro-ligada esa «Dinamo»dan tashqari «Xorazm» jamoalari futbolchilarida ham koronavirus infeksiyasi alomatlari aniqlangan.
Dilshod O‘tamurodov.