Kosmonavtlar kasbini kutilmagan tomondan ochib beradigan faktlar

Bolaligimizda kosmonavt bo‘lishni va poyoni ko‘rinmaydigan fazoni o‘rganish uchun kosmosga chiqishni orzu qilardik. Katta bo‘lib, hayot rejalarimiz o‘zgardi, lekin hali ham vaznsizlik holatidagi hayot to‘g‘risida kam narsalarni bilamiz.
Ertaga, 12 aprel – Kosmonavtlar kuni. Sana bahonasida bugungi maqolada kosmonavt bo‘lish qiziqarli bo‘lishi bilan birga mashaqqatli ekanligi haqida so‘z yuritamiz.
Ochiq kosmosga chiqish skafandrining vazni 140 kilogrammdan oshadi
Skafandrlar og‘ir sharoitlarda kosmonavtlar hayotini qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘z ichiga oladi, shu bilan birga u imkon qadar qulay bo‘lishi kerak. Skafandr odamni nafaqat har xil turdagi kosmik nurlanishlardan, balki taxminan soatiga 27 ming kilometr tezlikda harakatlanadigan mikrometeoritlardan ham himoya qilishi kerak. Komponentlarining barchasi tufayli ba’zi modellar 140 kilogrammdan ortiq vaznga ega.
Kosmosda vaqt sekinlashadi
Bunga ishonish qiyin, lekin Yerga qaytgan kosmonavtlar boshqa odamlarga qaraganda bir oz yoshroq ko‘rinadi. Gap shundaki, ular kosmosda juda katta tezlikda harakat qilishadi, shuning uchun ular “bosib o‘tgan” vaqt sayyoradagiga qaraganda bir oz farq qiladi. Lekin kosmik sayohatni qarishga qarshi ajoyib vosita deb o‘ylash noto‘g‘ri, masalan 6 oylik parvoz davomida kosmonavtlar atigi 0,005 soniyaga yoshargan bo‘ladi.
Kosmonavtlar quyosh chiqishi va botishini kuniga 16 marta ko‘radi
Konets formi
Yer orbitasidagi Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidagi kosmonavtlar har kuni kecha va kunduzning 16 martagacha almashinishini kuzatishadi. Buning sababi shundaki, stansiya Yer atrofida soatiga 28 ming kilometrdan ortiq tezlikda aylanib, to‘liq aylanishni taxminan 90 daqiqada amalga oshiradi. Biz o‘rganib qolgan kunlar bilan solishtirganda, bu tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kun vaqtlarining bunday tez almashinishi kosmonavtlar biologik soati ishini sezilarli darajada buzadi. Kundan tunga tez o‘zgarish ta’sirini kamaytirish uchun XKSdagi astronavtlar qat’iy kundalik rejimga rioya qilishadi. Yoritish tizimi kosmonavtlarning o‘z vaqtida uxlab qolishlari va normal uyg‘onishlariga qarab dasturlashtiriladi.
XKSdagi suv qayta-qayta ishlanadi
XKSda suvning har bir tomchisi oltinga teng, shuning uchun u qayta ishlanadi. Ha, ha, hatto ter shaklida va nafas olish paytida hosil bo‘lgan suv qayta ishlatiladi. Hatto hojatxona chiqindilaridagi suv ham tozalanadi, filtrlanadi va suv ta’minotiga qaytariladi.
Amaldagi qayta ishlash tizimi deyarli mukammal toza suv olish imkonini beradi. Aslida, stansiya yerda har bir resurs ishlatiladigan va tejaladigan yopiq tizim, chunki Yerdan kosmosga suv yetkazib berish juda qimmatga tushadi. Aytgancha, bu XKSda dush bo‘lmasligining sabablaridan biri - kosmonavtlar o‘zlarini faqat nam salfetkalar bilan yuvishadi.
Kosmonavtlarning hayoti biz bolalikda tasavvur qilganimizdek oddiy emas ekan. Chunki orbitadagi odamlar koinotning og‘ir sharoitlariga dosh berishga majbur. Biroq, bizning boshimizga kino ijodkorlarining yengil qo‘li tufayli ko‘plab boshqa afsonalar o‘rnashib qolgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.