Kuchli shamol tufayli Qozog‘istonda 160 dan ortiq bino shikastlandi, bir kishi halok bo‘ldi

Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitaning boshqarma markazi rahbari Rustambek Amrin ma’lum qildi.

“7 dan 9 aprelgacha to‘fon xavfi e’lon qilingan. 13 viloyatda soniyasiga 20-30 metr va undan ortiq tezlikka ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan kuchli shamollar qayd etilishi, shuningdek, yomg‘ir va qor yog‘ishi, tungi havo haroratining minus 8 darajagacha tushishi kutilmoqda.

22 ta hududda va Akmola, Kostanay shaharlarida, Shimoliy-Qozog‘iston viloyatlarida soniyasiga 30 metr tezlikkacha ko‘tarilgan kuchli shamol tufayli 160 dan ortiq bino va inshootlar shikastlandi”, deya ta’kidladi Amrin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Akmola va Kostanay viloyatlarining 9 ta tumanida elektr energiyasi ta’minoti uskunalari shikastlangan.

“Afsuski, Akmola viloyatining Burabay tumanida binoning bir qismi qulab tushishi oqibatida bir nafar erkak kishi halok bo‘ldi”, deb ma’lum qildi FV qo‘mitasi vakili.