Samarqandda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida «J» ismli shaxs qonunga xilof ravishda «Regopen» nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositasini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida olib borilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs xaridorga 55 dona «Regopen» dori vositasini, 2 200 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.