Kutilmagan xazina

1992 yil noyabrda ingliz Erik Lous do‘sti Piter Uotlangdan Saffolk grafligida Xoksni qishlog‘idan sal narida yo‘qotib qo‘ygan bolg‘asini topishda yordam berishini so‘raydi.

Piterni metall qidirgichi bor edi, shuning uchun Lous undan yordam so‘ragandi. Ammo do‘stlar oddiy bolg‘adan ko‘ra, qimmatroq narsani topishdi. Metall qidiruvchilar hozirgi zamon tarixida eng qimmat xazinaga duch kelgandi. Avvaliga do‘stlar bir necha qimmatbaho buyumlarni o‘zlari kovlab olishdi, biroq keyin politsiya va arxeologlarga murojaat qilishdi. Undan keyin qazish ishlarini olimlar olib borishdi. Aniqlanishicha, yer ostida 15 mingta oltin, kumush va bronza tanga, 29 ta oltin zargarlik buyumlari, 98 ta kumush qoshiq ko‘milgan ekan.

Xoksni xazinasi IV – V asrlarga tegishli bo‘lib, u sobiq Rim imperiyasi chegaralarida topilgan eng katta xazina hisoblanadi. 1998 yilda Angliya xazinalarni baholash kometiti topilmani 1,75 million funt-sterlingga baholadi. Xazina ayni paytda Britaniya muzeyi eksponatidan joy olgan.

T.Shomurodov tayyorladi.