"LDXR"ning tan olinishi: Bayden sanksiyalar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya tomonidan “respublikalarni” tan olgani munosabati bilan “LDXR”ga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni kecha, 21 fevral kuni Oq uy matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Prezident Putinning harakatlari Rossiyaning Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlariga zid keladi, Rossiyaning diplomatiyaga sodiqligi, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadi”, deyiladi hujjatda.

Farmonda quyidagilar taqiqlanadi:

Amerika Qo‘shma Shtatlaridan bo‘lgan shaxs tomonidan, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar (individual yoki yuridik - tahr.) "DXR" yoki "LXR"deb ataluvchi hududga yangi investitsiyalar kiritish;

To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita "DXR" yoki "LXR" deb ataladigan hududdan har qanday tovar, xizmat yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilish;

AQShdan yoki AQSh fuqarosi tomonidan, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday tovar, xizmatlar yoki texnologiyalarni “LXR” deb atalmish hududga eksport qilish, reeksport qilish, sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita yetkazib berish;

Yuqoridagi taqiqlarga bog‘liq bo‘lgan chet ellik shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakat, AQSh shaxsi tomonidan (qayerda bo‘lishidan qat’i nazar) har qanday tasdiqlash, moliyalashtirish, yordam berish yoki kafolatlash.

Bundan tashqari, hujjat AQSh ma’muriyatiga “DXR” va “LXR”da faoliyat yurituvchi shaxslar va u yerda ishlovchi tashkilotlar rahbariyati vakillariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash vakolatini beradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral oqshomida rossiyaliklarga murojaat qilib, Lugansk va Donetsk xalq respublikalarining mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni, shuningdek, LXR hamda DXR bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

Rossiya parlamentining har ikki palatasi bugungi yig‘ilishlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti qarorini ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilish AQShdagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga uning sanksiya ostidagilar bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatda Bayden o‘z suhbatdoshini Rossiyaning Ukrainaga keyingi ehtimoliy bosqiniga Vashington va uning ittifoqchilarining munosabati tez va qat’iy bo‘lishiga ishontirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral oqshomida rossiyaliklarga murojaat qilib, Lugansk va Donetsk xalq respublikalarining mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni, shuningdek, LXR hamda DXR bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

Rossiya parlamentining har ikki palatasi bugungi yig‘ilishlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti qarorini ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.