Lenin maqbarasi tashrif uchun ochildi
Pandemiya bilan bog‘liq uzoq tanaffusdan keyin Moskvada Lenin mavzoleyi ziyoratchilar uchun yana ochildi.
Shu zahotiyoq Qizil maydondan Aleksandr bog‘igacha cho‘zilgan navbat hosil bo‘ldi. Mavzoleyga kirishda ziyoratchilarning sumkalarini sinchiklab tekshirilishi navbatda turganlarni juda sust harakatlanishiga sabab bo‘ldi. Mavzoleyga kirish bepul. Jahon proletariati dohiysini ko‘rishni orzu qilganlar har haftada to‘rt kun bu yerga kirishlari mumkin ekan.
Jonivorlarni qiynaganlar jazolanadi
Odamlarning tilsiz jonivorlarni qiynoqqa solishi uydan haydab yuborishi og‘ir gunoh hisoblanadi. Masalan, buning uchun Italiyada 10 ming yevro jarima undiriladi yoki qamaladi.
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish Rossiyada ham qonunan qattiq jazolanadi. Agar odam birorta jonivorni mayib qilsa, o‘ldirsa yoki ko‘chaga chiqarib tashlasa 80 ming rubl jarimaga tortiladi yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Olimlar nega hujayra yetishtirmoqchi?
Kaliforniyaning Solka instituti olimlari inson tana hujayralarini makaki maymunlari embrioniga kiritib, ularni 20 kun mobaynida yetishtirdilar. Tadqiqotlar kelajakda hayvonlarda yetishtirilgan inson organlarini ko‘chirib o‘tqazish istiqbollari eshigini ochishi mumkin. Irsiy tahrir etilgan genlar yordamida, masalan, ayrim viruslardan xoli cho‘chqalar yaratish va ular tanasida insonga ko‘chirib o‘tqaziladigan donor organlar yetishtirish mumkin. Hozirda bu borada ishlar boshlandi, deydi amerikalik oldimlar.
*