Liviya qirg‘oqlarida 400 dan ortiq noqonuniy muhojir qutqarildi

Bu haqda Sinxua agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Odamlar Liviya qirg‘oq qo‘riq xizmatining ikkita kemasida olib ketildi va mamlakat poytaxti - Tripoliga yetkazildi.

"BMT va Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi ularga zarur yordam ko‘rsatdi", - deyiladi xabarda.
Xalqaro Migratsiya Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Markaziy O‘rta yer dengizi yo‘nalishida 323 muhojir halok bo‘lgan va 417 kishi bedarak yo‘qolgan, qariyb 12 ming nafar noqonuniy muhojir qutqarilib, Liviyaga qaytarilgan.

E’tibor bering, 20 yil ichida dunyoda muhojirlar soni deyarli 110 millionga oshdi, ya’ni hozirda 281 million kishiga yetgan. AQSh, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Buyuk Britaniya – muhojirlar soni eng yuqori bo‘lgan besh mamlakatga kiradi.

G.Xoldorova tayyorladi.