Murmanskdagi mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olish ommaviy rad etilmoqda
- 02.05.2019 13:13
- 68
- Siyosat
Rossiya Ichki Ishlar Vazirligining Murmansk shahar Migratsiya ishlari boshqarmasi bu viloyatga ishlashga kelgan, yashab, ishlab yurgan mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olishni ommaviy rad etmoqda.
Bu haqda "Migrant" mintaqaviy jamoat tashkilotining raisi Farida Kordashova ma’lum qilayapti, deb xabar bermoqda nuz.uz.
«So‘nggi kunlarda Murmanskda yurgan mehnat muhojirlari o‘rtasida vahima tarqaldi. Bunga sabab Murmansk shahar Migratsiya ishlari boshqarmasi xodimlari hech kimning arizasini qabul qilmayapti va bunga yozma rad javobini ham bermayapti", deydi muhojirlardan biri.
"Shunday yo‘l bilan ular ayni sohadagi korrupsiyani urchitib, mehnat muhojirlariga ro‘yxatga qo‘yish qog‘ozini sotib, buning oqibatida ulardan pul yig‘ib olishni mo‘ljallayapti", deydi ijtimoiy faollardan biri bo‘lgan ayol.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa