Lyuk Montane: COVID-19 tabiiy xususiyatlarga ega emas. U laboratoriyada ishlab chiqilgan

2008 yilda VICh infeksiyasi tizimini aniqlagani uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan fransiyalik virusolog Lyuk Montanening so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi tabiiy xususiyatlarga ega emas. U laboratoriyada ishlab chiqilgan.

- Biz ushbu virusga o‘zgartirishlar kiritilgan, degan xulosaga keldik, - dedi mutaxassis CNEws telekanaliga bergan intervyuda. - COVID-19ga VICh zarralari qo‘shilgan.

- U (virus) tabiiy xususiyatlarga ega emas. Bu molekulyar biologlarning ishi. Bu qanday maqsadda qilingani noma’lum... Mening vazifam dalillarni taqdim etish, hech kimni ayblamoqchi emasman. Bu ishni kim va nima uchun qilganini bilmayman. Ehtimol, ular OITSga qarshi vaksina kashf qilmoqchi bo‘lishgandir, - deb ta’kidladi Lyuk.