MAGATE Bosh direktori: tashkilot delegatsiyasi Zaporoje atom elektr stansiyasiga jo‘nadi

Rossiya - Ukraina ziddiyati ortidan bir necha haftadan buyon Ukrainadagi Zaporoje atom elektr stansiyasi xavf ostida qolayotgani haqda xavotirlar bildirilmoqda. Har ikki tomon bunda AESning o‘qqa tutilayotgani haqda xabarlar tarqatgan. Mutasaddilarga ko‘ra, Yevropadagi eng yirik mazkur AESda halokat ro‘y bersa butun insoniyat uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqaradi.

Nihoyat so‘nggi kunlardagi kelishuvlardan so‘ng, ZAESga yo‘l olgan MAGATE missiyasi shu hafta u yerga yetib boradi, dedi tashkilot bosh direktori Rafael Grossi.

MAGATE bosh direktori delegatsiyaning ob’yektga yetib kelishining sanasiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq Zaporojeda Energodarning o‘qqa tutilishini MAGATEning AESga tashrifini buzishga urinish deb atalgani haqida xabar qilingandi.

«Zaporoje viloyati hukumati ZAESda MAGATE missiyasini qabul qilish va ularning xavfsizligini to‘liq ta’minlashga tayyor. Muhimi - Ukraina missiya davomida "sukunat rejimi"ni ta’minlashga tayyormi yoki yo‘qmi», dedi viloyat ma’muriyati rahbari Balitskiy.