Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari tasdiqlandi

Bugun xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, Kengash raisi Erkinjon Okbutayevich olib bordi.

Sessiya ishida viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 Umarov Asqar Narziyevich

Unda Umarov Asqar Narziyevich viloyat hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tasdiqlandi.

Yo‘l harakatini tashkil qilish muhandisi mutaxassisligiga ega A.Umarov 2018 yildan bugungi kungacha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Alimova Gavhar Zayirovna

Deputatlar shuningdek, Alimova Gavhar Zayirovnani viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi.

G.Alimova 2018 yildan bugungi kungacha Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Xalimov Akram Hamidovich

Boshqarma boshlig‘ining yana bir o‘rinbosari lavozimiga Xalimov Akram Hamidovich nomzodi ko‘rib chiqildi.

2018 yildan Urgut tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan A.Xalimov yangi boshqarma boshlig‘ining xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.

Normurodov Hasan Norbekovich

Shuningdek, Normurodov Hasan Norbekovich boshqarma boshlig‘ining keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydigan bo‘ldi.

H.Normurodov 2003 yildan bugungi kungacha O‘zbekiston faxriylarining faoliyatini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi shaklidagi "Nuroniy" jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Sessiyada Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirok etdi.